Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Biotexnologiya va ekologiya fakulteti volontyor talabalari «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida navbatdagi xayrli tashabbusni amalga oshirdi. 2026-yil kuz mavsumidagi ko‘chat ekish ishlarida faol ishtirok etdi. Hamjihatlik va katta ishtiyoq bilan 500 dan ortiq mevali daraxt koʻchatlarini ekishdi.



Biz uchun bu oʻz kasbimizga boʻlgan sadoqat, ona tabiatni asrash va yurtimizni yanada koʻkalamzorlashtirish yoʻlidagi amaliy qadamdir. Bugun ekilgan har bir nihol ertaga ulkan daraxtga aylanib, musaffo havo va goʻzallik ulashishiga ishonamiz!