Top Bar

ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
YANGILIKLAR

IPB UNIVERSITY (INDONEZIYA) BILAN XALQARO HAMKORLIK BO‘YICHA ONLAYN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

  • Asosiy
  • Yangiliklar
  • IPB UNIVERSITY (INDONEZIYA) BILAN XALQARO HAMKORLIK BO‘YICHA ONLAYN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
Yangiliklar

IPB UNIVERSITY (INDONEZIYA) BILAN XALQARO HAMKORLIK BO‘YICHA ONLAYN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

 IPB UNIVERSITY (INDONEZIYA) BILAN XALQARO HAMKORLIK BO‘YICHA ONLAYN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

Universitet rektori tashabbusi hamda “Aziastan Max Group” rahbari Anvar Mirzayev ko‘magida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti hamda Indoneziyaning nufuzli IPB University vakillari o‘rtasida Zoom platformasi orqali onlayn uchrashuv tashkil etildi.


Uchrashuvda professor Amrozi IPB University faoliyati, ta’lim dasturlari, ilmiy-tadqiqot salohiyati, zamonaviy laboratoriyalari va veterinariya klinikasi imkoniyatlari haqida taqdimot qildi.
Muloqot davomida ikki universitet o‘rtasida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, amaliyot va stajirovkalarni tashkil etish, veterinariya, biotibbiyot, chorvachilik va biotexnologiya sohalarida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, shuningdek, xalqaro ilmiy tadbirlar va agroturizm loyihalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, hamkorlikni muvofiqlashtirish uchun ikki universitet vakillaridan iborat doimiy ishchi guruh tashkil etish hamda veterinariya klinikalari va laboratoriyalar imkoniyatlaridan o‘zaro foydalanish takliflari ilgari surildi.
IPB University vakili talabalar va ilmiy tadqiqotchilar almashinuvini rivojlantirish tashabbusini qo‘llab-quvvatlab, universitetimiz bilan istiqbolli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyorligini bildirdi.
Universitet rektori boshqa rasmiy yig‘ilishda ishtirok etayotgani sababli onlayn uchrashuvda qatnasha olmagan bo‘lsa-da, hamkorlikni rivojlantirish va ilgari surilgan takliflarni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni izchil rivojlantirish, qo‘shma ishchi guruh faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda ta’lim va ilm-fan sohasidagi istiqbolli tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita
Asosiy Yangiliklar E'lonlar Murojaat Jadval Qabul KPI LMS HEMIS