Top Bar

ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
YANGILIKLAR

Xitoyda o‘tkazilgan xalqaro ta’lim forumida universitetimiz vakillari ishtirok etmoqda

  • Asosiy
  • Yangiliklar
  • Xitoyda o‘tkazilgan xalqaro ta’lim forumida universitetimiz vakillari ishtirok etmoqda
Yangiliklar

Xitoyda o‘tkazilgan xalqaro ta’lim forumida universitetimiz vakillari ishtirok etmoqda

Xitoyda o‘tkazilgan xalqaro ta’lim forumida universitetimiz vakillari ishtirok etmoqda

2026-yil 11–16-noyabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay shahrida bo‘lib o‘tayotgan “The 24th Conference on International Exchange of Professionals” (Xalqaro mutaxassislar almashinuvi bo‘yicha 24-konferensiya)da Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti vakillari ishtirok etmoqda.


Xususan, universitet Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori, dotsent Odil Achilov hamda Veterinariya profilaktikasi fakulteti dekani, professor Hakim Niyozov mazkur xalqaro anjumanda qatnashmoqda.


Konferensiya doirasida Odil Achilov universitetimizning ta’lim va ilmiy faoliyati, xalqaro hamkorlik aloqalari, erishilgan yutuqlari hamda rivojlanish istiqbollariga bag‘ishlangan taqdimot bilan ishtirok etdi.


Tadbir davomida Xitoy va boshqa mamlakatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy tashkilotlari vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etilib, veterinariya meditsinasi, chorvachilik, biotexnologiya va oziq-ovqat xavfsizligi sohalarida hamkorlikni kengaytirish, akademik almashinuv, qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilinmoqda.


Universitetimiz vakillarining ushbu xalqaro konferensiyada ishtirok etishi xorijiy hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish hamda universitetning xalqaro miqyosdagi nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita
Asosiy Yangiliklar E'lonlar Murojaat Jadval Qabul KPI LMS HEMIS