«InnoWeek–2026» xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan «Hududning eng yaxshi 100 ta innovatsion loyihasi» respublika tanlovida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti vakillari Lola Safarova va Sevara Haydarova o‘z innovatsion ishlanmalari bilan e’tirof etildilar.

Ushbu yutuq universitet xotin-qizlarining ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi salohiyati, izlanishlari hamda mamlakatimiz ilmiy-texnologik taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasining yorqin ifodasidir.


SamDVMCHBU jamoasi Lola Safarova va Sevara Haydarovani ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etadi! Ularga kelgusidagi ilmiy izlanishlari va innovatsion loyihalarini amalga oshirishda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.