Top Bar

ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
YANGILIKLAR

FOODERA EXPO–2026: ILM-FAN, TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH HAMKORLIGI

  • Asosiy
  • Yangiliklar
  • FOODERA EXPO–2026: ILM-FAN, TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH HAMKORLIGI
Yangiliklar

FOODERA EXPO–2026: ILM-FAN, TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH HAMKORLIGI

 FOODERA EXPO–2026: ILM-FAN, TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH HAMKORLIGI

Samarqandda o‘tkazilayotgan FOODERA Expo–2026 xalqaro ko‘rgazma-festivali doirasida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Shavkat Shernazarov “Ilm-fan — ta’lim — ishlab chiqarish hamkorligi” mavzusida ma’ruza qildi.


Ma’ruzada universitet va “Navobod naslli parranda” fermer xo‘jaligi o‘rtasidagi hamkorlik misolida ilmiy tadqiqotlarni ishlab chiqarish bilan integratsiyalash, dual ta’limni rivojlantirish hamda innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy etish masalalari yoritildi.

Shuningdek, talabalarning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish, yosh tadqiqotchilarni ishlab chiqarish jarayonlariga jalb etish hamda parrandachilik sohasida ilmiy-amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita
Asosiy Yangiliklar E'lonlar Murojaat Jadval Qabul KPI LMS HEMIS