Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlarimizni targ‘ib qilish, urf-odat va an’analarimizni asrab-avaylash hamda yoshlarning ijodiy salohiyatini namoyon etish maqsadida “Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovining fakultetlararo universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov davomida fakultetlar jamoalari milliy urf-odatlarimiz, an’analarimiz va xalqimizning boy ma’naviy merosini aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari hamda ijodiy chiqishlarini namoyish etdilar.


Ishtirokchilar o‘z chiqishlari orqali milliy qadriyatlarimizning naqadar boy va betakror ekanini namoyon etib, tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdilar.