Belarus Respublikasi Grodno viloyati ijroiya qo‘mitasi raisi Yuriy Xadjimuradovich Karayev Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetiga tashrifi davomida universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov hamda universitet jamoasi tomonidan samimiy kutib olindi.


Tashrif ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, ta’lim va ilm-fan sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.