Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetiga Belarus Respublikasi Grodno viloyati ijroiya qo‘mitasi raisi Yuriy Xadjimuradovich Karayevning tashrifi doirasida universitet hovlisida ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi.



Unda universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov hamda mehmonlar ishtirok etib, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekdilar.
Mazkur tashabbus hududlarni ko‘kalamzorlashtirish, yashil maydonlarni kengaytirish, atrof-muhit musaffoligini asrash va kelajak avlod uchun qulay ekologik muhit yaratish yo‘lidagi ezgu sa’y-harakatlarning ifodasidir.