Xitoy Xalq Respublikasining Lanzhou universiteti delegatsiyasining Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetiga tashrifi doirasida hamkorlikdagi loyihalar yuzasidan ishchi uchrashuv o‘tkazildi.

.jpg)
Uchrashuv davomida ikki oliy ta’lim muassasasi vakillari loyiha tashabbuslari ustida birgalikda ish olib borib, ularni rivojlantirish va amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildilar. Tomonlar o‘zaro hamkorlikni amaliy loyihalar orqali kengaytirish yuzasidan fikr almashdilar.


Mazkur ishchi uchrashuv universitetlarning ilmiy salohiyati va tajribasini birlashtirish, qo‘shma tashabbuslarni rivojlantirish hamda hamkorlikka amaliy mazmun berishga qaratildi.