Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti hamda universitetning Nukus filiali talaba-yoshlari ishtirokida “Do‘stlik oqshomi” nomli konsert dasturi tashkil etildi.

Tadbirni universitet rektori, professor X. Yunusov kirish so‘zi bilan ochib, o‘z nutqida talaba-yoshlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlikning ahamiyatini ta’kidlab, ikki hudud yoshlari o‘rtasidagi samimiy muloqot va o‘zaro tajriba almashishning ahamiyatiga e’tibor qaratdi. Shuningdek, ishtirokchilarga ezgu tilaklarini bildirib, ularga o‘qish va kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
.jpg)

Konsert dasturi davomida kuy-qo‘shiqlar va raqslar ijro etilib, talaba-yoshlar o‘z iste’dodlarini namoyon etdilar. Ko‘tarinki ruhda o‘tgan oqshom ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar ulashdi.


Mazkur tadbir yoshlar o‘rtasida do‘stlik, hamjihatlik va o‘zaro hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.