SamDVMCHBUda 2026-yil 9–10-oktyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan “PARAZITAR KASALLIKLAR DIAGNOSTIKASIDA MOLEKULYAR GENETIK USULLARINI QO'LLASH, DAVOLASH VA PROFILAKTIKASINING ZAMONAVIY JIHATLARI” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya “Parazitologiya” kafedrasi tomonidan yuksak saviyada tashkil etilmoqda.

Zoom platformasi anjumanga Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston hamda Belarus kabi davlatlarning yetakchi olimlari, dunyoga tanilgan tadqiqotchilari va soha mutaxassislari masofadan ulanib, o‘zaro tajriba va bilim almashishmoqda.




Anjumanni kirish so‘zi bilan universitet rektori, professor X.B.Yunusov ochib berdi. Oliygoh rahbari o‘z nutqida bugungi kunda parazitar kasalliklar muammosi global xavfga aylanib borayotgani va ushbu anjumanning dolzarbligini alohida ta’kidlab, barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi.