Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida bitiruvchi 150 nafardan ortiq yoshlar ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi.

Ochiq muloqotda “O‘zMilliybank” AJ mas’ullari, Registrator ofisi vakillari hamda universitet rahbarlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda yoshlar bandligini ta’minlash, imtiyozli kreditlar, xotin-qizlar uchun ta’lim imkoniyatlari va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Yakunda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda tayyor biznes-rejalar taqdimoti bilan tanishdilar.