Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida Universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, dekan o‘rinbosarlari hamda talaba-yoshlar ishtirokida adabiy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.


Uchrashuv davomida mehmon adiblar tomonidan adabiyot, ma’rifat, ma’naviyat va yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga oid fikr-mulohazalar bildirildi.

Tadbir davomida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning qiziqishlari, fikr va takliflari tinglandi. Mehmonlar talabalar bilan yaqindan suhbatlashib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berdilar.