Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida bo‘lib o‘tayotgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida universitetga tashrif buyurgan taniqli adiblar Rustam Musurmon, Baxtiyor Genjamuratov, Masihulloh Madaminovlar universitet jamoasi hamrohligida universitet bog‘ida daraxt ko‘chatlarini ekishdi.



Mazkur daraxtlarga qaysi adib tomonidan va qachon ekilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot taxtachalari o‘rnatilib, ushbu ezgu an’ana davomida universitetda “Adiblar bog‘i” tashkil etilishiga zamin yaratadi.