Joriy yilning 19-iyuldan 2-avgustga qadar Xitoy Xalq Respublikasining Liaocheng universitetida “O‘txo‘r hayvonlarni samarali oziqlantirish va ko‘paytirish texnologiyalari” mavzusida xalqaro o‘quv-amaliy kursi tashkil etildi.
Mazkur trening Xitoy Xalq Respublikasi Fan va texnologiyalar vazirligi Xalqaro hamkorlik departamenti tashabbusi bilan o‘tkazilib, unda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Xitoyning yetakchi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari ishtirok etmoqda.
Kurs ishtirokchilari:


• Liaocheng universiteti (Xitoy Xalq Respublikasi);
• S. Seifullin nomidagi Qozoq agrotexnika tadqiqot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi);
• Jangirxon nomidagi G‘arbiy Qozog‘iston agrar-texnika universiteti (Qozog‘iston Respublikasi);
• Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti (O‘zbekiston Respublikasi).
Universitetimizdan ishtirok etayotgan professor-o‘qituvchilar:
Biotexnologiya va ekologiya fakulteti, Biotexnologiya kafedrasi – Jo‘raqulov Qobil;
Veterinariya farmatsevtikasi, farmakologiya va toksikologiya kafedrasi – Quldoshev G‘ulom, Aripova Madina, Omonov Shohzod;
Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti, Epizootologiya va infeksion kasalliklar kafedrasi – Nishonov Dilshod;
Veterinariya va chorvachilik sohasida pedagog hamda mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti direktor o‘rinbosari – Ruziqulov Nuriddin.
Trening davomida ishtirokchilar o‘txo‘r hayvonlarni oziqlantirishning zamonaviy usullari, naslchilik texnologiyalari, chorvachilik mahsuldorligini oshirish, hayvonlarni parvarishlash va boshqarishning ilg‘or yondashuvlari hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatidagi innovatsion tajribalar bilan yaqindan tanishmoqda.
Mazkur xalqaro malaka oshirish kursi O‘zbekiston, Xitoy va Qozog‘iston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy-ta’limiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni ta’lim jarayoniga keng joriy etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.