Bugungi kunda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti zamonaviy ta'lim tizimi, ilg‘or innovatsion yondashuvlar hamda xalqaro standartlarga mos o‘quv jarayonini yo‘lga qo‘ygan nufuzli oliy ta'lim muassasalaridan biri sifatida e'tirof etilmoqda.
E'tiborlisi, universitetning veterinariya yo‘nalishidagi ta'lim sifati Yevropa veterinariya assotsiatsiyasi tomonidan e'tirof etilgan bo‘lib, bu ta'lim jarayonining xalqaro talablar asosida tashkil etilganini yaqqol namoyon etadi. Mazkur yutuq bitiruvchilarga nafaqat mamlakatimizda, balki xalqaro mehnat bozorida ham keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda.
Bugun SamDVMCHBU — bu zamonaviy infratuzilma, malakali professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotlar, innovatsion loyihalar va amaliyotga yo‘naltirilgan ta'limni o‘zida mujassam etgan kasbiy mahorat maskanidir.
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti – xalqaro e'tirof, zamonaviy ta'lim va porloq kelajak sari ishonchli qadam