Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
YANGILIKLAR

O‘zbekiston yoshlari – yangi tarix yaratadigan oltin avlod

Yangiliklar

O‘zbekiston yoshlari – yangi tarix yaratadigan oltin avlod

O‘zbekiston yoshlari – yangi tarix yaratadigan oltin avlod

Assalomu alaykum, jonajon yurtimizning kelajagi bo‘lgan qadrli talaba-yoshlar!
Sizlarni 30-iyun – Yoshlar kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Mamlakatimizda yoshlar masalasi har doim davlat siyosati darajasidagi muhim masala bo‘lib kelgan. So‘nggi yillarda yosh yigit-qizlarimiz uchun yaratilayotgan keng ko‘lamdagi imkoniyat va shart-sharoitlar, ularning o‘qib-o‘rganishlari, qizg‘in faoliyat ko‘rsatishlari uchun qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik nafaqat yurtdoshlarimiz, balki dunyo hamjamiyatini ham o‘ziga jalb etayotir.
Birinchi va ikkinchi Renessansni buyuk alloma va mutafakkirlarimiz yaratgan bo‘lsa, bugun tarix navbatni sizlarga bermoqda. Ishonchim komil, sizlar barcha sohalarda mamlakatimiz bayrog‘ini baland ko‘tarishga qodirsiz. Sizlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari sifatida yangi tarix yaratadigan oltin avlodsiz
Biz, ustoz va murabbiylar sizlarni, butun O‘zbekiston yoshlarini Vatanimiz, jamiyatimizning hal qiluvchi kuchi deb bilamiz va sizlar hamisha xalqimizning mana shunday yuksak ishonchiga munosib bo‘lasiz, deb ishonamiz.
Shu muqaddas zaminni asrab-avaylash, mehnatkash xalqimizning orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarishda Sizga suyanamiz!
Yana bir bor, 30-iyun - Yoshlar kuni muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Xudaynazar YUNUSOV,
SamDVMCHBU rektori, professor, Qozog'iston Respublikasi Qishloq xo'jaligi fanlar Akademiyasi akademigi.

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita