Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida “Ta’lim va Kasb” ko‘rgazmasi doirasida yosh rassomlar va dizayn ixlosmandlarining ijodiy ko‘rgazmasi hamda talabalar taqdimotlari tashkil etildi.
Tadbir davomida talabalar tomonidan yaratilgan tasviriy san’at asarlari, dizayn ishlanmalari va ijodiy loyihalar namoyish etildi. Shuningdek, ishtirokchilar zamonaviy kasblar, kelajakda talab yuqori bo‘ladigan mutaxassisliklar, tadbirkorlik tashabbuslari, innovatsion g‘oyalar hamda o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari mavzularida mazmunli taqdimotlar bilan chiqish qildilar.

Taqdimotlar davomida yoshlar bugungi mehnat bozori talablari, kasb tanlashning ahamiyati, kreativ fikrlash, startap loyihalar va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.

Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – talabalarning ijodiy va intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish, ularni zamonaviy kasblar hamda tadbirkorlik faoliyatiga qiziqtirish, kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish va yoshlarni innovatsion g‘oyalarni amalga oshirishga ruhlantirishdan iborat bo‘ldi.
.jpg)
Ko‘rgazma va taqdimotlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, ularning kelajak kasbini ongli tanlash, ijodiy izlanish va tashabbuskorlik ruhini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Tadbirda faol ishtirok etgan ijodkor yoshlar, diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.
Kelajak — bilimli, ijodkor va tashabbuskor yoshlar qo‘lida!