Tadbirda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti rektori, professor Yunusov Xudaynazar Beknazarovich, akademik litsey rahbariyati, pedagog-xodimlar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.


Tadbir davomida bitiruvchilarning ta'lim jarayonidagi yutuqlari e'tirof etilib, ularga akademik litseyni muvaffaqiyatli tamomlaganliklari to‘g‘risidagi diplomlar topshirildi.


Tadbirda so‘zga chiqqanlar yoshlarni ushbu muhim hayotiy bosqich bilan tabriklab, ularning kelgusidagi o‘qish va mehnat faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladilar.


Shuningdek, o‘qish davomida yuqori natijalarga erishgan, namunali xulqi va bilim salohiyati bilan tengdoshlari orasida ajralib turgan bitiruvchilarga oltin va kumush medallar tantanali ravishda topshirildi. Medal sohiblarining ota-onalari va ustozlariga ham alohida minnatdorlik bildirildi.
Ko‘tarinki ruhda o‘tgan ushbu tadbir bitiruvchilar, ularning ota-onalari va ustozlari uchun unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi.
Tadbir yakunida bitiruvchilarga kelgusi ta'lim bosqichlarida va hayot yo‘lida omad va zafarlar tilandi.