Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
YANGILIKLAR

Yoshlar motivatori bilan davra suhbati

Yangiliklar

Yoshlar motivatori bilan davra suhbati

Yoshlar motivatori bilan davra suhbati

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida
yoshlar orasida o‘zining bilim, tajriba va motivatsion chiqishlari bilan tanilgan Muhammadali Eshonqulovning talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot va samimiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
.


Unda universitet rektori, professor X.B. Yunusov so‘zga chiqib, bugungi kunda yoshlarning bilim olishga bo‘lgan intilishi, zamonaviy kasblarni puxta egallashi va yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘shishi muhim ekanligini ta’kidladi.


Shuningdek, talabalarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.


Mehmon sifatida tashrif buyurgan Muhammadali Eshonqulov o‘z soʻzida muvaffaqiyatga erishishning asosiy omili doimiy izlanish, qat’iyat va o‘z ustida ishlash ekanligini ta’kidladi.


U talaba-yoshlarni katta maqsadlar sari intilishga, vaqtni qadrlashga, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashga hamda har qanday vaziyatda o‘ziga bo‘lgan ishonchni yo‘qotmaslikka chaqirdi.


Uchrashuv davomida talabalarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berildi, yoshlarning fikr va takliflari tinglandi. Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqot talabalarda katta taassurot qoldirdi.
Mazkur uchrashuv yoshlarni yangi marralar sari ruhlantirgan, ularning bilim va tajribasini boyitishga xizmat qilgan muhim tadbirlardan biri bo‘ldi.

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita