Universitetning xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori, dotsent O. Achilov hamda Universitet hayvonlar klinikasi direktori, dotsent J. Yo‘lchiyev Xitoy Xalq Respublikasining Henan Agricultural University tarkibidagi Veterinariya tibbiyoti kolleji rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdilar.


Uchrashuv davomida ta’lim, ilmiy-tadqiqot va amaliy veterinariya yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish hamda mutaxassislar malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi.


Delegatsiya universitet va Veterinariya tibbiyoti kolleji o‘quv, ilmiy hamda klinik bazalari faoliyati bilan yaqindan tanishib, mavjud infratuzilma va zamonaviy laboratoriyalar imkoniyatlarini o‘rgandi.

Tomonlar kelgusida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.