Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
YANGILIKLAR

Universitetimiz vakillari Xitoyda o‘tkazilayotgan nufuzli xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda

  • Asosiy
  • Yangiliklar
  • Universitetimiz vakillari Xitoyda o‘tkazilayotgan nufuzli xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda
Yangiliklar

Universitetimiz vakillari Xitoyda o‘tkazilayotgan nufuzli xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda

Universitetimiz vakillari Xitoyda o‘tkazilayotgan nufuzli xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori O.Achilov va universitetning veterinariya klinikasi direktori J.Yulchiyevlar Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib o‘tayotgan “Xitoy–Markaziy Osiyo qoramol va mayda shoxli mollarning zoonoz kasalliklarini nazorat qilish” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqdalar.


 Mazkur nufuzli ilmiy anjuman Henan Agricultural University bazasida tashkil etilgan bo‘lib, unda Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlarining yetakchi olimlari, tadqiqotchilari, veterinariya sohasi mutaxassislari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashmoqda.


Konferensiya doirasida zoonoz kasalliklarning oldini olish, diagnostikasi va nazorati, epizootik xavfsizlikni ta’minlash, zamonaviy laboratoriya tadqiqotlari, veterinariya sohasidagi innovatsion texnologiyalar hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinmoqda.


 Tadbir universitetimiz vakillari uchun xorijiy hamkorlar bilan ilmiy aloqalarni mustahkamlash, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va kelgusidagi qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini yo‘lga qo‘yish borasida muhim imkoniyat yaratmoqda

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita