Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti rektori Yunusov Xudaynazar Beknazarovich ayni kunlarda Rossiya Federatsiyasining Saint Petersburg State University of Veterinary Medicineda bo‘lib o‘tayotgan II Xalqaro yoshlar forumida ishtirok etdi.

Forum doirasida universitetimiz rektori ma’ruza bilan qatnashib, veterinariya ta’limi, ilm-fan va innovatsiyalar, xalqaro hamkorlik, yosh mutaxassislarni tayyorlash hamda zamonaviy mehnat bozori talablariga mos kadrlar tayyorlash masalalari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

O‘z nutqida yoshlar va talabalar uchun veterinariya, chorvachilik va biotexnologiya sohalarining bugungi rivojlanish tendensiyalari, ilmiy tadqiqotlarning amaliy ahamiyati, xalqaro akademik mobillik imkoniyatlari hamda zamonaviy mutaxassis oldida turgan ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Forum davomida turli davlatlardan tashrif buyurgan olimlar, yosh tadqiqotchilar, talabalar va soha mutaxassislari bilan fikr almashilib, ilmiy hamkorlikni rivojlantirish hamda yoshlarni xalqaro loyihalarga keng jalb etish masalalari muhokama qilindi.