Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
YANGILIKLAR

Unuversitetda "Sog‘lom hayot - faravon kelajak garovi" shiori ostida ommaviy yurish marafoni o‘tkazildi

  • Asosiy
  • Yangiliklar
  • Unuversitetda "Sog‘lom hayot - faravon kelajak garovi" shiori ostida ommaviy yurish marafoni o‘tkazildi
Yangiliklar

Unuversitetda "Sog‘lom hayot - faravon kelajak garovi" shiori ostida ommaviy yurish marafoni o‘tkazildi

Unuversitetda "Sog‘lom hayot - faravon kelajak garovi" shiori ostida ommaviy yurish marafoni o‘tkazildi

Oliy ta'lim tashkilotlarida haftaning "Chorshanba kuni - sport kuni" etib belgilangan. Shu munosabat bilan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida "Sport kuni" doirasida erta tongdan "Sog‘lom hayot - faravon kelajak garovi" shiori ostida ommaviy yurish marafoni o‘tkazildi.

Sport tadbirida ishtirok etgan universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov sport faqat jismoniy faollik sifatida ko'rilmasligi, u inson sog'lig'ini yaxshilash va psixologik holatni mustahkamlashda muhim rol o'ynashi, sport bilan shug'ullangan kishining aqliy salomatligi va ishchanlik kayfiyati ham oshishini ta'kidlab, barchani har doim sport bilan shug'ullanishga undadi.

Shundan so'ng tadbir ishtirokchilari mamlakatimiz milliy ramzi bo'lmish bayroqlar va targ'ibot bannerlari bilan ishtirok etishib, ushbu aksiyaga o'zgacha shukuh baxsh etdi.

Sport - salomatlik garovi. Erta tongdan 5000 qadam yurish va jismoniy mashg'ulotlarni bajargan aksiya ishtirokchilari o'zini kun davomida tetik his etadi.

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita