Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
YANGILIKLAR

Samarqandda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

Yangiliklar

Samarqandda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

Samarqandda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida “Veterinariyada mikroorganizmlarning antibiotikorezistentligi bo‘yicha zamonaviy muammolar va ularga qarshi kurashishning farmakologik yo‘llari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.


Mazkur nufuzli anjumanda O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Turkiya hamda Koreya Respublikasi olimlari va xalqaro ekspertlari ishtirok etib, veterinariyada antibiotikorezistentlik, antimikrob preparatlarga chidamlilikni kamaytirish, zamonaviy probiotiklar va innovatsion ilmiy yondashuvlar yuzasidan ma’ruzalar taqdim etdilar.


Konferensiya doirasida universitetning ilmiy ishlanmalari va innovatsion mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi hamda sho‘ba yig‘ilishlarida sohaga oid dolzarb ilmiy masalalar muhokama qilindi.


Tadbir veterinariya va chorvachilik sohasida xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, ilg‘or tajribalarni almashish hamda zamonaviy ilmiy yondashuvlarni amaliyotga joriy etishda muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita