Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-345-sonli qarori 6-ilovasining ijrosi yuzasidan Respublika turdosh OTMlari va kasbiy ta’lim muassasalari uchun 2025-2026-yillarda kasbiy standartlarni ishlab chiqish bo‘yicha Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida “Veterinariya va chorvachilik sohalarida kadrlar tayyorlash sifatini oshirishning ustuvor vazifalari” mavzusida V Respublika oʻquv-uslubiy seminari oʻtkazildi.

Universitet rektori, professor X.Yunusov kirish so‘zi bilan ochib bergan oʻquv-uslubiy seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʻlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Samarqand viloyati tadbirkorlar uyushmasi, universitetning Nukus va Toshkent filiallari, fakultet dekanlari va professor-oʻqituvchilari hamda veterinariya va chorvachilik sohalarida kadrlar tayyorlovchi 10 dan ortiq turdosh oliy taʻlim muassasalari va texnikumlarning rahbar va masʻul xodimlari ishtirok etishdi.



Tadbirda oliy ta’lim, ilmiy tadqiqot institutlari, ishlab chiqarish vakillari ishtirokida ta’lim dasturlarini ishlab chiqishda mavjud muammolarni yechimiga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbir davomida mutaxassislar tomonidan “Veterinariya, chorvachilik va biotexnologiyalar sohalarida kadrlar tayyorlashda taʼlim sifatini oshirishning ustuvor vazifalari”, “Veterinariya meditsinasi o‘quv dasturlarini takomillashtirish” mavzularida ma’ruzalar qilinib, “Veterinariya sohasi kasb standartlarini ishlab chiqish”, “Chorvachilik sohasi kasb standartlarini ishlab chiqish” mavzularida Veterinariya va chorvachilik muvofiqlashtiruvchi soha shu’basi ishchi muhokamasi davom ettirildi.