Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
YANGILIKLAR

Xalqaro ilmiy hamkorlik: Quaid-i-Azam universiteti professorlari bilan uchrashuv

  • Asosiy
  • Yangiliklar
  • Xalqaro ilmiy hamkorlik: Quaid-i-Azam universiteti professorlari bilan uchrashuv
Yangiliklar

Xalqaro ilmiy hamkorlik: Quaid-i-Azam universiteti professorlari bilan uchrashuv

Xalqaro ilmiy hamkorlik: Quaid-i-Azam universiteti professorlari bilan uchrashuv

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti rektori professor X.Yunusov hamda Pokiston Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasasi — Quaid-i-Azam University professorlari Mushtaq Ahmad va Shazia Sultana bilan rasmiy uchrashuv tashkil etildi.


Uchrashuv universitet rahbariyati ishtirokida o‘tkazilib, unda tomonlar o‘rtasida ilmiy-akademik hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, xalqaro nashrlar bo‘yicha tajriba almashish hamda kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.


Professor Mushtaq Ahmad biologik xilma-xillik, dorivor o‘simliklar, ekologiya, iqlim o‘zgarishi, biotexnologiya va nanotexnologiya sohalarida katta ilmiy tajribaga ega bo‘lib, ko‘plab xalqaro maqolalar, kitoblar va ilmiy loyihalar muallifi hisoblanadi.


 Muloqot davomida universitetimizda ilmiy salohiyatni oshirish, professor-o‘qituvchilar va yosh tadqiqotchilarni xalqaro ilmiy maydonga kengroq jalb etish, Web of Science va Scopus bazalarida indekslanadigan nashrlarda maqolalar chop etish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi.
 Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida qo‘shma seminarlar, ilmiy maqolalar, xalqaro loyihalar va akademik almashinuv yo‘nalishlarida hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita