Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
YANGILIKLAR

REKTOR TASHRIFI VA AMALIY TA’LIM UYG‘UNLIGI: YOSHLAR KUNI DOIRASIDA MUHIM TASHABBUS

  • Asosiy
  • Yangiliklar
  • REKTOR TASHRIFI VA AMALIY TA’LIM UYG‘UNLIGI: YOSHLAR KUNI DOIRASIDA MUHIM TASHABBUS
Yangiliklar

REKTOR TASHRIFI VA AMALIY TA’LIM UYG‘UNLIGI: YOSHLAR KUNI DOIRASIDA MUHIM TASHABBUS

REKTOR TASHRIFI VA AMALIY TA’LIM UYG‘UNLIGI: YOSHLAR KUNI DOIRASIDA MUHIM TASHABBUS

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida Yoshlar kuni munosabati bilan talabalarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan navbatdagi muhim tadbir tashkil etildi.

Tadbir doirasida universitet rektori, professor X. Yunusov Chorvachilik va texnologiyalar fakultetiga qarashli O‘quv-amaliyot o‘tash tajriba issiqxonasiga tashrif buyurdi. Mazkur tashrif davomida talabalarning amaliy dars jarayonlari, innovatsion yondashuvlar asosida olib borilayotgan tajriba ishlari hamda issiqxona sharoitida o‘quv jarayonini tashkil etish holati bilan yaqindan tanishildi.

Rektor talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni o‘zlashtirish hamda ilmiy yondashuv asosida ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish bugungi kun ta’limining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi. Shu bilan birga, yosh mutaxassislarni tayyorlashda amaliy bazaning ahamiyati alohida qayd etildi.

Tashrif davomida talabalar tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy-amaliy ishlanmalar, o‘simliklarni yetishtirish va parvarishlash bo‘yicha innovatsion usullar ijobiy baholanib, ularni yanada rivojlantirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur tashrif Yoshlar kuni doirasida yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan tizimli ishlarning yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi.

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita