Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
YANGILIKLAR

O‘zbekiston–Xitoy hamkorligida yangi bosqich: ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi

  • Asosiy
  • Yangiliklar
  • O‘zbekiston–Xitoy hamkorligida yangi bosqich: ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi
Yangiliklar

O‘zbekiston–Xitoy hamkorligida yangi bosqich: ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi

O‘zbekiston–Xitoy hamkorligida yangi bosqich: ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida China-SCO Institute of Economy and Trade Qingdao kompaniyalar guruh vakillari tashrif buyurib, universitet rektori Yunusov Xudaynazar Beknazarovich bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi.
 
Uchrashuv davomida veterinariya preparatlari, akvakultura hamda vaksinalar yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Tashrifda ishtirok etgan kompaniyalar Xitoyning o‘z ishlab chiqarish quvvatlariga ega bo‘lgan yetakchi va xalqaro miqyosda tan olingan tashkilotlar ekani alohida ta’kidlandi.


 Delegatsiya tarkibida:
Li Zehang – Xitoy-ShHT Iqtisodiyot va Savdo Instituti, Samarqand markazi direktori
 Song Anze – direktor o‘rinbosari
 Zhang Shuren – Qingdao Zhongren Aolan Bioengineering kompaniyasi raisi
 Qu Tiangui – Tianrui Technology Group raisi
Xu Yunlong – Qingdao Dongfang Pharmaceutical bosh direktori
 Shao Yaodong – Qingdao Kangdien Animal Pharmaceutical savdo bo‘yicha bosh direktori
 Li Hua – Qingdao Zhongren Animal Pharmaceutical bosh direktor o‘rinbosari
 Zang Xueyun – bosh direktor o‘rinbosari

 Muzokaralar doirasida quyidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi:
 qo‘shma ilmiy laboratoriyalar tashkil etish
veterinariya dori vositalarini birgalikda ishlab chiqish
 ilg‘or Xitoy texnologiyalarini joriy etish
chorvachilik sohasidagi dolzarb muammolarga innovatsion yechimlar ishlab chiqish

Shuningdek, hayvonlar kasalliklarining oldini olish va nazorat qilish, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish hamda amaliyotga yo‘naltirilgan loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur uchrashuv universitetimizning xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda chorvachilik sohasini rivojlantirishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

 Kelgusida tomonlar o‘rtasida qo‘shma loyihalarni amaliy bosqichga olib chiqish, innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish hamda ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash rejalashtirilmoqda.

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita