Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
YANGILIKLAR

“Chorvachilikda sanitariya-epidemiya-gigiyena” oyligi e’lon qilindi

  • Asosiy
  • Yangiliklar
  • “Chorvachilikda sanitariya-epidemiya-gigiyena” oyligi e’lon qilindi
Yangiliklar

“Chorvachilikda sanitariya-epidemiya-gigiyena” oyligi e’lon qilindi

“Chorvachilikda sanitariya-epidemiya-gigiyena” oyligi  e’lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Fermerlar Kengashining qo‘shma murojaati qabul qilinib, joriy yilning 18-aprelidan 18-mayiga qadar mamlakatimizda “Chorvachilikda sanitariya-epidemiya-gigiyena” oyligi  e’lon qilingan edi.

Bugun universitet rektori, professor X.Yunusov soha prorektorlari, dekanlar, kafedra mudirlari hamda universitetning Nukus va Toshkent filiallari mas’ul rahbarlari ishtirokida tashkil etilgan yig‘ilishda mazkur oylik doirasida amalga oshiriladigan muhim vazifalar yuzasidan so‘z yurutildi.


Yig‘ilishda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi bilan kelishilgan holda professor-o‘qituvchilar va magistrantlar hududlarda seminarlar tashkil etishi,  yuqori bosqich bakalavriat talabalar dual ta’lim asosida  chorvachilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklarga amaliy yordam berishga jalb qilinishi, xo‘jaliklarda veterinariya-sanitariya tartiblariga qat’iy rioya qilish, kirish joylarida dezinfeksiya vositalarini tashkil etish, begona shaxslar va transport vositalarining kirishini cheklash, hayvonlarni saqlashda zoogigiyenik talablarga amal qilish, ularni sifatli ozuqa va toza suv bilan ta’minlash, hududni doimiy tozalikda saqlash hamda zararli jonivorlarga qarshi kurashish zarurligi borasida tushuntirish, targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.


Chorva salomatligini saqlashda tozalik va veterinariya qoidalariga amal qilish eng muhim omil hisoblanib, tozalik — yuqori mahsuldorlik, sog‘lom chorva va barqaror daromad garovi ekanligi, mazkur oylik doirasida barcha profilaktik va epizootik tadbirlarni uyushqoqlik bilan amalga oshirish lozimligi ta’kidlandi.

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita