Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
YANGILIKLAR

E'TIBOR VA E'TIROF

Yangiliklar

E'TIBOR VA E'TIROF

E'TIBOR VA E'TIROF

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiniversitetida universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov akademik litsey o‘quvchisi Sodiqjon Abdujabborov hamda uning oila a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv samimiy ruhda tashkil etilib, unda yoshlarning ilmiy va ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash, ularning erishayotgan yutuqlarini munosib rag‘batlantirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, Sodiqjon Abdurauf o‘g‘lining qishloq xo‘jaligi sohasida  qo‘lga kiritgan muvaffaqiyatlari alohida e’tirof etildi.

Rektor uchrashuv davomida yoshlarning intilishlari va mehnatini yuqori baholab, bunday iqtidorli o‘quvchilar kelajakda mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi. Shuningdek,  o‘quvchining ota-onasiga ham farzand tarbiyasidagi hissasi uchun minnatdorchilik izhor etdi.

Uchrashuv yakunida Sodiqjon Abdujabborov universitet rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Bu e’tirof yoshlarning kelgusi yutuqlari uchun muhim rag‘bat bo‘lib xizmat qilishi tabiiy.

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita