AGROPRO EXPO 2026



Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan nufuzli AgroPro Expo - 2026 ko‘rgazmasida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti o‘zining innovatsion salohiyatini keng namoyish etdi.

Universitet tomonidan:

 istiqbolli startap loyihalar,
xalqaro qo‘shma hamkorlik asosida ishlab chiqilgan yuqori sifatli mahsulotlar,
ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasiga asoslangan zamonaviy ishlanmalar taqdim etildi.

Namoyish etilgan loyihalar agrar sohada innovatsion yondashuv, amaliy samaradorlik va eksportbop mahsulotlar yaratish borasidagi salohiyatni yaqqol ifoda etdi. Universitet stendi ko‘rgazma ishtirokchilari, investorlar va xalqaro hamkorlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.