Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
YANGILIKLAR

Navro'z muborak

Yangiliklar

Navro'z muborak

Navro'z muborak

"NAVRO'ZNI ULUG'LASH - INSONNI ULUG'LASHDIR! "

Aziz hamkasblar, talaba – yoshlar va ishchi – xodimlar! 
Barchangizni Navro‘z ayyomi bilan tabriklab, qalbimdagi eng samimiy tilaklarimni izhor etaman. 
Navro‘zi olam yurtimizga tinchlik-omonlik, baxtu saodat, qut-baraka olib kelsin! 
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, dasturxonimiz to‘kin va hayotimiz farovon bo‘lsin!  
Aynan shu faslda barchamiz o‘zimizni yosharib ketgandek, vujudimizga yangi kuch-g‘ayrat, azmu shijoat kirayotgandek his etamiz. Necha ming yillik an’ana va qadriyatlarimizni yangitdan kashf etamiz, buyuk tarix va buyuk madaniyat vorislari ekanimizni yana bir bor anglaymiz. Va bundan qalblarimiz g‘urur va iftixor tuyg‘ulariga to‘ladi.
Bugun biz yurtimizda mana shunday qutlug‘ bayramni nishonlash barobarida, butun dunyoda tinchlik va xotirjamlik bo‘lishini, uzoq va yaqin barcha davlatlarning xalqlariga taraqqiyot, farovonlik hamda ravnaq tilaymiz. 
Aziz hamkasblar, talaba – yoshlar va ishchi – xodimlar! 
Barchangizni Navro‘z ayyomi bilan yana bir bor tabriklab, qalbimdagi eng samimiy tilaklarimni izhor etaman. 
Navro‘zi olam yurtimizga tinchlik-omonlik, baxtu saodat, qut-baraka olib kelsin! 
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, dasturxonimiz to‘kin va hayotimiz farovon bo‘lsin!
Barcha ezgu niyat va maqsadlarimiz amalga oshsin!
 
Hurmat bilan, 
Xudaynazar Yunusov,
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, 
chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti rektori, professor.

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita