YURT OBODLIGI, AVVALO, MAHALLADAN BOSHLANADI!



   Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida keng ko‘lamli hashar ishlari yuksak ruhda davom ettirildi. “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!" shiori ostida tashkil etilgan umumxalq xayriya hashari — atrof-muhitni muhofaza qilish, hududlarni obodonlashtirish, tozalik va ozodalikka keng e’tibor berishga qaratildi.

   Unda universitet rektori, professor X.Yunusov boshchiligida jamoa - xo‘jalik ishlari mas’ullari, fakultetlar professor-o'qituvchilari va talabalar turar joylari vakillari faol ishtirok etmoqda. Universitet hududida daraxt va gul ko‘chatlari parvarishlanmoqda, yashil maydonlar obodonlashtirilmoqda.

   Ushbu tashabbus, nafaqat Navro'z bayrami va muborak Ramazon hayitiga munosib tayyorgarlik, balki yurtimizda ekologik madaniyatni yuksaltirish, jamoaviylik va hamjihatlik ruhini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.