Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
YANGILIKLAR

Umumxalq xayriya hashari

Yangiliklar

Umumxalq xayriya hashari

Umumxalq xayriya hashari

“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi”

Xabar berganimizdek, 13–14-mart kunlari yurtimiz bo‘ylab “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi”  shiori ostida umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tmoqda.

Bugungi xayrli tadbirda hududlarni obodonlashtirish, atrof-muhitni tozalash, daraxt va ko‘chatlarni oqlash, ijtimoiy obyektlar atrofini saranjomlash kabi ezgu ishlar amalga oshirilmoqda.

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti jamoasi ham mazkur hashar jarayonlarida faol ishtirok etmoqda. Zero, hashar – xalqimizning qadimiy hamjihatlik, mehr-oqibat va bir-biriga ko‘mak berish an’analarining amaliy ifodasidir.

Ozodalik, poklik, saranjomlik yurtimizni yanada obod va fayzli, ko‘rkam qiluvchi jihatlardan. Bunda xalqimizning yillar davomida shakllangan ezgu qadriyati – hashar muhim o‘rin tutadi.

Keling, birgalikda yurtimizni yanada obod va fayzli qilishga o‘z hissamizni qo‘shaylik!

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita