“RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA IQTISODIYOT, BUXGALTERIYA HISOBI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”



Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida Iqtisodiyot fakulteti tashrif qo’shib, raqamli iqtisodiyot sharoitida iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalarini rivojlantirish mavzusida yosh olimlar, magistrantlar va talabalar ishtakli ishtirok etgan Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo’lib o’tdi. Konferensiya iqtisodiy jarayonlarni tashkil qilish, raqamlashtirish, axborot texnologiyalarini takomillashtirish masalalarini muhokama qildi. Ilimiy ishtirokchilar milliy va xalqaro standartlardagi tizimlarni oshirish, moliyaviy hisobot, audit jarayonlarini chuqurlashtirish, shuningdek, agrar va veterinariya sohalarini intellektual texnologiyalar yordamida transformatsiya qilishni tavsiya qildi.Cocoon AI Summary
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida raqamli iqtisodiyot sharoitida iqtisodiy jarayonlarni samarali tashkil etish, buxgalteriya hisobi tizimini raqamlashtirish va axborot texnologiyalarini takomillashtirish orqali iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash maqsadida Iqtisodiyot fakulteti va Science and Innovation xalqaro ilmiy jurnali bilan hamkorlikda “Raqamli iqtisodiyot sharoitida iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalarini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyasiyasi bo‘lib o‘tdi.

 Konferensiyani kirish so‘zi bilan ochib bergan universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov mazkur konferensiya “Raqamli iqtisodiyot” sharoitida iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalarini dolzarb masalalarini muhokama qilish, raqamli iqtisodiyot sharoitida iqtisodiyot va buxgalteriya hisobi tizimlarini transformatsiya qilish yo‘nalishlarini aniqlash, zamonaviy raqamli texnologiyalarni qo‘llashning nazariy va amaliy asoslarini muhokama qilish, axborot texnologiyalarining buxgalteriya hisobi, moliyaviy hisobot, tahlil va audit jarayonlariga integratsiyasini chuqurlashtirish, avtomatlashtirish va raqamlashtirish samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va milliy va xalqaro standartlarga mos raqamli hisob va hisobot tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, normativ-huquqiy bazani takomillashtirishga ilmiy-amaliy hissa qo‘shishdan iborat ekanligini ta’kidlab, konferensiya ishiga omad tiladi.

  Shuningdek konferensiyada Samarqand iqtisodiyot va servis instituti “Raqamli iqtisodiyot” kafedrasi mudiri, i.f.d., professor Mirzayev Kulmamat Januzakovich, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi mudiri, i.f.d., professor Tashnazarov Samiddin Nizamovich, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali “Moliya, soliq va bank ishi” kafedrasi professori, i.f.d. G‘aybullayev Raxim Murodovich, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Audit” kafedrasi professori, i.f.d. Menglikulov Baxtiyor Yusupovich, Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti “Iqtisodiyot va buxgalteriya hisobi” kafedrasi mudiri, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Boboxolov Sherzod Baxtiyorovich, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Iqtisodiyot fakulteti dekani, professor, i.f.d. Alikulov Abdimoʻmin Ismatovichlar ham so‘zga chiqib,   “Raqamli iqtisodiyot sharoitida iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalarini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdi.

  Konferensiya “Raqamli iqtisodiyot sharoitida milliy iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish,raqamli transformatsiyaning iqtisodiy samaradorligini oshirish masalalari”, “Buxgalteriya hisobi, moliyaviy hisobot va audit tizimlaridaraqamlitexnologiyalarni joriy etish, xalqaro standartlar asosida shaffoflik va ishonchliliknioshirish yo‘llarini tahlil qilish”, va “Raqamli iqtisodiyot sharoitida agrar va veterinariya sohalariningsun’iyintellekt yordamida transformatsiyasi” kabi sho‘balarga bo‘lingan holda o‘z ishini davom ettirdi.