QOZOG‘ISTONDAGI TARG‘IBOT SAFARLARI: UNIVERSITETGA XORIJIY TALABALAR JALBI YO‘LIDA TARIXIY QADAM



   Universitetda xorijiy talabalar ulushini oshirishga qaratilgan strategik tashabbus doirasida joriy o‘quv yili uchun qo‘shni Qozog‘istonning bir qancha maktab va ta’lim muassasalarida keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Mazkur tashrif davomida o‘quvchilar, ota-onalar va pedagoglarga Universitetning tarkibiy tuzilmasi, ta’lim yo‘nalishlari, xorijiy hamkorlik aloqalari va talabalar kontingenti haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

   Shuningdek, o‘quv jarayonining zamonaviy tashkil etilishi, kafedralar va laboratoriyalarining moddiy-texnik bazasi, ARM hamda sport majmualarida yaratilgan qulayliklar, xalqaro mobility dasturlarida ishtirok etish imkoniyatlari, xorijiy talabalar uchun mo‘ljallangan to‘lov-shartnoma tartibi va imtiyozlar, mehmonxona tipidagi yotoqxonalar hamda amaliyot o‘tash infratuzilmasi haqida keng qamrovli tushuntirishlar berildi.

   Bu tashriflar Qozog‘iston bo‘yicha ilk bor bunday miqyosda amalga oshirilgani bilan ahamiyatli bo‘lib, universitetimizning xalqaro ochiqligi va raqobatbardosh ta’lim sifatini namoyish etuvchi muhim qadam bo‘ldi.