Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Qo'llab-quvvatlash

AO «VEKTOR-BEST» KOMPANIYASI UNIVERSITETIMIZGA TASHRIF BUYURDI.



   Universitetimizda 5-dekabr kuni AO «Vektor-Best» kompaniyasi vakillari tashrif buyurdi. «Vektor-Best» — inson va hayvon kasalliklarini laboratoriyada aniqlash bo‘yicha texnologik yechimlar ishlab chiqaruvchi yetakchi xalqaro kompaniya bo‘lib, hozirda IFA, IHLА, PCR, biokimyo, koagulologiya va tezkor diagnostika yo‘nalishlarida 1000 dan ortiq mahsulot ishlab chiqaradi. Kompaniyaning sifat menejmenti tizimi EN ISO 13485:2016 va GOST ISO 13485-2017 standartlariga to‘liq mos keladi.

   Tashrif davomida kompaniya vakillari universitet rektori, akademik Xudaynazar Yunusov bilan uchrashib, hamkorlik yo‘nalishlari, qo‘shma ilmiy-amaliy loyihalar hamda universitetimiz qoshida zamonaviy laboratoriyalar tashkil etish masalalarini muhokama qildilar.

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita