“YASHIL MAKON” DOIRASIDA UNIVERSITET HOVLISIGA TURLI XILDAGI DARAXT KOʻCHATLARI EKILDI.



   SamDVMCHBUniversiteti rektori,professor va akademik X.B.Yunusov boshchiligi va Biotexnologiya va ekologiya fakulteti dekani dotsent A.A. Nurniyozov tashabbusi bilan talaba yoshlar ishtirokida “Yashil makon” doirasida universitet hovlisiga turli xildagi daraxt koʻchatlari ekildi.

Ushbu tashabbus doirasida fakultet professor-o‘qituvchilari ham faol ishtirok etib, yoshlar bilan birgalikda koʻchatlarni ekish, sug‘orish hamda kelgusida parvarish bo‘yicha tavsiyalar berishdi.

Tadbir jarayonida ekologik madaniyatni oshirish, tabiatga mehr tuyg‘usini kuchaytirish va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha davra suhbati ham o‘tkazildi.

Tadbir so‘ngida esa ishtirokchilar ekilgan har bir ko‘chatni muntazam parvarishlab borish bo‘yicha mas’uliyatni o‘z zimmalariga olishlarini bildirdilar.

Mazkur ezgu tashabbus “Yashil makon” umumxalq harakatiga munosib hissa bo‘lib, universitet hududining yanada ko‘rkamlashishiga xizmat qiladi.