O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi “Veterinariya va chorvachilik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-187-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida universitetimiz delegatsiyasi Qozog‘iston Respublikasi M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetida xizmat safarida bo‘lib turibdi.


Xizmat safari tarkibi:
Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i
Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti dekani
Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi mudiri
Tashrif davomida Xorijiy hamkorlik markazi direktori Turymshayeva Arida Turganbekovna bilan uchrashuv o‘tkazildi. Tomonlar ikki universitet o‘rtasidagi memorandum doirasida hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalarini muhokama qildi.


Uchrashuv natijasida quyidagi yo‘nalishlarda kelishuvga erishildi:
talabalar akademik mobilligini yo‘lga qo‘yish;
professor-o‘qituvchilar uchun malaka oshirish va tajriba almashish dasturlarini amalga oshirish;
tegishli fakultet va kafedralar kesimida qo‘shma reja hamda kelgusidagi hamkorlik vazifalarini belgilash.
Mazkur xizmat safari ikki oliygoh o‘rtasida ilmiy-ta’limiy aloqalarni kengaytirishga xizmat qiladi.