“YOSHLAR KORRUPSIYAGA YO‘Q DEYDI!”



   Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti “Besh muhim tashabbus” markazi qoshida faoliyat yuritayotgan “Ranglar sehri” to‘garagi tomonidan “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusida “Eng yaxshi rasmlar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovda qatnashgan talaba-yoshlarning ijod namunalari Komissiya a'zolari tomonidan Nizom asosida ko'rib chiqildi va go'liblar aniqlandi.

Komissiya xulosasiga ko'ra:

Udayev Kamronbek Jamshid o'g'li - Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti talabasi
Hakimova Sarvara Avazbek qizi - Chorvachilik va texnologiyalar fakulteti talabasi
Baxtiyorov Sarvarbek Ixtiyor o'g'li - Iqtisodiyot fakulteti talabasi

G'oliblar “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” nomli o'tkaziladigan tadbirda darajali diplomlar va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi.