Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti “Besh muhim tashabbus” markazi qoshida faoliyat yuritayotgan “Ranglar sehri” to‘garagi tomonidan “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusida “Eng yaxshi rasmlar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.


Tanlovda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi F.Turayev ishtirok etib, talaba-yoshlarga omad tiladi.


Tanlov yoshlarning korrupsiyaga qarshi fikrlarini ijod orqali ifodalash, ularning san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish va iste’dodini namoyon etishga xizmat qiladi.


Tanlov g'oliblarini aniqlash bo'yicha tanlov komissiyasi tomonidan chizilgan rasmlar Nizom asosida baholanib, g'oliblar “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” nomli o'tkaziladigan tadbirda darajali diplomlar va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi.
