FAO MUTAXASSISI UNIVERSITETIMIZDA!



   BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning global veterinariya siyosati, antimikrob rezistentlikka qarshi kurash strategiyalari va veterinariya dori vositalari bo‘yicha xalqaro siyosatlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishidagi yetakchi mutaxassisi Sussane Waelen universitetimizga tashrif buyurdi.

   U tashrif davomida universitet rektori qabulida bo‘lib, o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Shuningdek, talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, global veterinariya sohasidagi yangiliklar, antimikrob rezistentlik xavfi va xalqaro amaliyotlar haqida qimmatli ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi.