Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Qo'llab-quvvatlash

JAHON BANKI MENEJERI JANOB XOLGER KREY UNIVERSITETDA



   Jahon Banki menejeri janob Xolger Krey qishloq xo‘jaligi sektori strategiyasining amalga oshirilishi jarayonlarini o‘rganish, shuningdek, Jahon banki tomonidan moliyalashtirilayotgan investitsiya loyihalari benefisiarlari bilan uchrashuvlar doirasida universitetimizga hamda loyiha maydonlariga tashrif buyurdi.

  Tashrif chog‘ida janob Xolger Krey universitetimizda amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar, innovatsion loyihalar va Jahon Banki bilan hamkorlikda bajarilayotgan yo‘nalishlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, loyiha doirasidagi ishlanmalar samaradorligi, talabalar va mutaxassislar ishtiroki, mavjud infratuzilma hamda kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.

   Mazkur uchrashuv qishloq xo‘jaligi ta’limi va ilmiy izlanishlarni yanada rivojlantirishda muhim qadamlardan biri bo‘lib, universitetimizning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi sa’y-harakatlariga qo‘shimcha turtki berdi.

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita