Hurmatli professor-o‘qituvchilar, aziz talabalar, qadrli hamkasblar!
Bugun biz Yurtimiz tarixidagi eng ulug‘ va muborak sanalardan biri — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunini katta faxr va iftixor ila nishonlamoqdamiz. Milliy bayrog‘imiz xalqimizning asrlar davomida shakllangan orzu-intilishlari, yurtimiz mustaqilligi va buyuk kelajagining yorqin ramzi sifatida qalblarimizda yuksak g‘urur, vatanparvarlik va mas’uliyat tuyg‘ularini uyg‘otadi.
Bugungi kunda Davlat bayrog‘imiz nafaqat Vatanimiz sarhadlarida, balki dunyoning ko‘plab nufuzli minbarlari, xalqaro anjumanlar, ilm-fan, sport va madaniyat maydonlarida faxr bilan hilpiramoqda.
Talabalarimizning ilmiy yutuqlari, sportchilarimizning chempionliklari, yoshlarning xalqaro sahnadagi muvaffaqiyatlari ostida ham ana shu muqaddas bayroqning ruhi, qudrati va sharafi mujassam.
Hurmatli jamoamiz a’zolari! Ushbu qutlug‘ sana hepimizni Vatan ravnaqi, ta’lim-tarbiya sifati, ilm-fan taraqqiyoti yo‘lida yanada jipslashish, yurtimiz kelajagi uchun mas’uliyatni his etishga chorlaydi. Zero, Davlat bayrog‘imizni yuksak tutish – har birimizning sharafli burchimizdir.
Shu munosabat bilan Sizlarni yana bir bor bu ulug‘ sana bilan chin dildan tabriklayman! Sizlarga mustahkam sog‘lik, ilmiy va ijodiy muvaffaqiyatlar, ezgu orzu-niyatlaringizning ro‘yobga chiqishini tilayman.
Yurtimiz osmonida doimo tinchlik barqaror bo‘lsin, milliy g‘ururimiz bo‘lgan bayrog‘imiz har doim balandlarda hilpirab tursin!
Hurmat bilan,
X. B. Yunusov,