17-NOYABR — XALQARO TALABALAR KUNI!



   Hurmatli talaba-yoshlar! 
   Sizlarni bugungi qutlug' kun - 17-noyabr - Xalqaro talabalar kuni bilan chin yurakdan tabriklayman!

   Sizlar — yurtimizning ertangi kuni, ilm-fan taraqqiyotining asosiy tayanchi, yangilikka intiluvchi, fidoyi va izlanuvchan avlodsiz. Har biringizning orzu-intilishlaringiz, bilimga bo‘lgan chanqoqligingiz, yangilik yaratishdagi ishtiyoqingiz universitetimiz faxridir.

   Sizlarning ta’lim yo‘lida qo‘lga kiritgan har bir zafarlaringiz mamlakatimiz ravnaqi yo‘lida munosib hissa bo‘lib xizmat qiladi.

   Sizlarga o‘qishlarda ulkan muvaffaqiyatlar, ilmiy izlanishlaringizda yuksak natijalar, sog‘lik, omad va bardavom zafarlar tilayman!

   Ilmga sadoqatli, tashabbuskor va faol bo‘ling! 

   Bayramingiz muborak bo'lsin, aziz talabalar!