Korrupsiya har qanday davlatning ertangi kuni, kelajagi uchun xatarli, tahdidli kushandadir. U iqtisodiyotga katta zarar yetkazib, mamlakat taraqqiyotini izdan chiqaradi. Shu boisdan mamlakatimizda bu borada qator huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Yangi O‘zbekistonda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi.

.jpg)



SamDVMCHBUda universitet rektori, akademik Xudaynazar Yunusov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zebiniso Raxmonova, universitet professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha davlat siyosati” mavzusida o‘tkazilgan tadbirda ana shu jihatlarga batafsil to‘xtalib o‘tildi.