“KORRUPSIYASIZ TAʻLIM - YORUGʻ KELAJAK KAFOLATI!”



    SamDVMCHBU Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi tomonidan Iqtisodiyot fakulteti 3-bosqich talabalari ishtirokida shu mavzuda davra suhbati o‘tkazildi.

   Davra suhbati davomida mutaxassislar tomonidan talabalarga “Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy printsiplari”, “Korrupsiyaning namoyon boʻlishi”, “Davlat xizmatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar boʻyicha belgilangan javobgarlik va jazo turlari”, “Korupsiyaga oid jinoyatlar” moddalari, “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlari” tushuntirib berildi. 

  Shuningdek, F.Turayev taʻlim jarayonida va jamiyat hayotidagi boshqa sohalarda korrupsion holatlarga guvoh boʻlganda yoki ushbu holatlarga bevosita duch kelganda qanday yoʻl tutish kerakligi toʻgʻrisida ham tushunchalar berdi.