Bugun Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti rektori, professor X.B.Yunusov Sankt-Peterburg davlat veterinariya meditsinasi universiteti delegatsiyasi bilan suhbat o‘tkazdi. Uchrashuv davomida kelgusida talabalar almashinuvi,qo’shma ta’lim dasturlarini ochish hamda amaliyot masalalari bo‘yicha muhokama qilindi!