Olimpiada kimyo, biologiya, fizika va matematika fanlari yo‘nalishida o‘tkazilib, unda Samarqand shahridagi 84 ta maktabdan o‘quvchilar ishtirok etdilar. Bellashuvlar jarayonida o‘quvchilar o‘z bilim, iqtidor va tafakkur salohiyatini namoyon etishdi. Natijada, har bir fandan 5 nafardan g‘olib aniqlanib, ular to‘rt yil davomida respublika va xalqaro fan olimpiadalariga bepul tayyorlanish imkoniyatini qo‘lga kiritdilar.